Rasmiy bayonot: Sertifikat talabi bekor qilinmagan!

Ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri gaplar tarqalmoqda go‘yoki magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati kerak emas emish. Bu haqiqatga to’g’ri kelmaydi!
2025-yil 19-iyuldagi PF–114-son Prezident Farmonida faqat 2021-yildagi eski bir band chiqarib tashlandi. Bu band sertifikat talabining ilk joriy etilgan joyi edi. Endi bu talab yangi farmon bilan belgilanmoqda.
Ya’ni 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Farmonga asosan:
Magistratura va doktorantura uchun xorijiy til sertifikati hanuz amalda:
▶️ Xorijiy tillar yo‘nalishiga topshirsangiz – C1
▶️ Iqtisod, huquq, jurnalistika, IT, boshqaruv va shu kabi sohalarga – B2
▶️ Sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarga – B1
Misol uchun, agar siz magistraturaga “Tarix” yo‘nalishiga hujjat topshirsangiz, kamida B2 sertifikat kerak bo‘ladi. “Ingliz tili” yo‘nalishiga topshirsangiz — C1 talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, sertifikat talabi bekor qilingani yo‘q faqat huquqiy asos o‘zgardi xolos. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu borada noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘radi.
Qanday ariza beraman
Assalomu aleykum hurmatli obunachi, siz magistraturaga ariza topshirmoqchimisiz? Doktoranturagami?
Ravshan qurbonpolatov