13:44, Iyul 21, 2025
/
874

Davlat granti parametrlari tasdiqlandi

Prezidentning 2025-yil 18-iyuldagi PF–43-sonli farmoyishi bilan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Bakalavriat bosqichi uchun kvotalar (kunduzgi ta’lim)

Farmoyishga muvofiq, 2025/2026–2028/2029 o‘quv yillari uchun quyidagi grant o‘rinlari belgilandi:

2025/2026-o‘quv yili – 35 500 ta

2026/2027-o‘quv yili – 36 023 ta

2027/2028-o‘quv yili – 36 460 ta

2028/2029-o‘quv yili – 36 761 ta

Magistratura bosqichi uchun kvotalar (kunduzgi ta’lim)

Magistratura bosqichida esa quyidagi grant o‘rinlari ajratiladi:

2025/2026-o‘quv yili – 9 922 ta

2026/2027-o‘quv yili – 10 191 ta

2027/2028-o‘quv yili – 10 477 ta

2028/2029-o‘quv yili – 10 784 ta

Maxsus toifadagi abituriyentlar uchun ajratilgan grantlar

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan Davlat komissiyasiga quyidagi yo‘nalishlarda taqsimot bo‘yicha takliflar kiritiladi.

Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan grantlar

1 320 ta grant – xorijiy OTMlar, filiallar va nodavlat OTMlar uchun ajratiladi.

Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun grantlar

30 ta grant – xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun alohida ta’lim yo‘nalishlari asosida taqsimlanadi.

Xotin-qizlar uchun alohida kvotalar

4 000 ta grant – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan kelishilgan holda taqsimlanadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari