07:42, Iyul 28, 2025
/
787

HARBIY TAVSIYANOMASI BORLARGA IMTIYOZ!

Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 766 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

Jami 9 766 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan:

7 420 ta — kunduzgi
1 436 ta — kechki
910 ta — masofaviy

Misol uchun:
Toshkent davlat yuridik universitetiga harbiy tavsiyanomalilar uchun 50 ta kvota bor (10 ta grant, 40 ta kontrakt) ajratilgan deylik. Agar bu OTMni 300 nafar harbiy tavsiyanomali abituriyent birinchi yo’nalish sifatida tanlasa, eng ko‘p ball to‘plagan 50 kishi qo’shimcha kvotaga kiradi. Qolgan 250 nafari esa, o’zlari to’plagan ball bo’yicha umumiy tartibda bellashadi.

Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi!
✅ Grant uchun kamida 68 ball,
✅ Kontrakt uchun kamida 56.7 ball to‘plash kerak. Aks holda, tavsiyanoma kuchini yo‘qotadi.

❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga amal qilmaydi.

Oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti.

Fikrlar (0)
Avval yangilari