07:25, Iyul 31, 2025
/
923

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

Prezident harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Xususan, Qurolli Kuchlar akademiyasi isloh qilinib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash markazi institut maqomida mazkur universitet tarkibiga o‘tkaziladi.

Tor doiradagi ixtisosliklar bo‘yicha “2+2” tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, psixolog, aloqachi, ta’minotchi, omborchi kabi 18 xil yondosh soha mutaxassislari boshqa oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqich talabalari orasidan saralab olinadi.

Bitiruvchi bosqich kursantlari uchun tanlov asosida “Oliy Bosh Qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi. Mazkur stipendiya sohibi bakalavriatni tamomlaganidan so‘ng 5-yil mobaynida oliy harbiy ta’lim muassasalarining magistraturasiga imtihonlarsiz qabul qilinadi.

Endilikda oliy harbiy ta’lim muassasalarining 36 ta ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari biryo‘la ikkita diplom – fuqarolik va harbiy kasbga mo‘ljallangan mutaxassislik egasi bo‘ladi. Bu ularning harbiy xizmatdan keyin ham faol ishlashi imkonini beradi.

Mudofaa universitetiga bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi.

Polkovnik Ulug‘bek Abdug‘afurovich Rasulov

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Qahramonjon Obidjonovich Zoidov

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Abdulla Adhamovich Xamrayev

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Baxtiyor Ne’matovich Rahimov

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari