08:22, Sentabr 6, 2025
/
225

Talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan parlament so‘rovi yuborilаdi

Senatning 10-yalpi majlisida talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular bilan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar olib borish hamda ota-onalar bilan uzviy hamkorlikni kuchaytirish masalalari eʼtiborni kuchaytirishni  talab etmoqda.

2024-yilda oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2025-yilning 6 oyi davomida 102 ta oliy taʼlim muassasasining 307 ta talabasi tomonidan jinoyat sodir etilgani bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Oliy taʼlim muassasalari kesimida esa jinoyatlarning ko‘pchilik qismi Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hissasiga to‘g‘ri keladi.

Talabalarning yotoqxonalarga kirib-chiqishi, yashashi hamda tungi vaqtda bo‘lishi ustidan nazorat yetarli darajada emas.

Muhokama yakunida Senatning tegishli parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari