12:23, Sentabr 8, 2025
/
669

2025-yilda bitiruvchilari eng yuqori ball to‘plagan TOP-10 maktab e’lon qilindi

Bilim va malakalarni baholash agentligi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori o‘rtacha ball to‘plagan maktablar reytingini chiqardi.

Kuchli uchlik:

1. Xorazm viloyati, Yangibozor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab — 178,8 ball (6 abituriyent)

2. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Jizzax shahri) — 178,39 ball (34 abituriyent)

3. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri) — 175,03 ball (34 abituriyent)

Umumiy TOP-10 ro‘yxat:

4. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qashqadaryo, Qarshi) — 174,29 ball

5. Furqat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Farg‘ona) — 173,48 ball

6. Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Buxoro) — 172,23 ball

7. Respublika sport gimnastika maktabi (Toshkent, Yunusobod) — 170,69 ball

8. Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (Sirdaryo) — 169,98 ball

9. Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Namangan, To‘raqo‘rg‘on) — 168,91 ball

10. 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat (Navoiy shahri) — 167,91 ball

Taqqoslash uchun: 2024-yilda Erkin Vohidov maktabi (176,28 ball) birinchi o‘rinda bo‘lgan. Bu yil esa yetakchilik Xorazmdagi Yangibozor maktabiga o‘tdi.

Shuningdek, natijalar hududiy maktablarning kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda. O‘rtacha eng yuqori ball bir yilda 176,28 dan 178,8 gacha ko‘tarilgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari