Surxondaryodagi nodavlat universitet “perevod” qilmoqchi bo‘lgan talabalarning hujjatlarini bermayotgani aytilmoqda

Surxondaryo viloyatida joylashgan TISU nodavlat oliygohi davlat oliygohlariga test asosida yetarli ball toʻplab oʻqishini koʻchirib, aloqa xatini olib kelgan talabalarga kerakli hujjatlarini taqdim etmay qonunchilikni buzayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Universitet talabalarga nisbatan bir nechta xato va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymoqda.
TISU talabalarga atay tasdiqlanmagan transkript taqdim etgan. Bu orqali ularning oʻqishini koʻchirilishi davlat oliygohlari tomonidan rad etilishi kutilgan, biroq masala ommaga yoyilib ketgan.
Jarayon cho‘zilishi talabalarga to‘siq yaratmoqda. Sababi xususiy oliygohlar HEMIS platformasi 1-oktabrda yopiladi. Shu vaqtgacha jarayon choʻzilsa, talabalar avtomatik ravishda oʻqishini koʻchira olmay qolishi mumkin.
Bundan tashqari universitet talabalardan perevod jarayonidan tashqari hujjatlarni so‘ragani aytilmoqda. E’tirozlar tarmoqda tarqalganidan so‘ng TISU rektori lavozimidan bo‘shatilgan.