08:56, Oktabr 2, 2025
/
394

Amerikadan Afrikagacha: O‘zbekistonga o‘qishga kelgan xorijlik talabalar soni oshmoqda!

2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 14 216 nafar chet el fuqarosi o‘qishga kelgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 28,8% ga ko‘p.

Eng ko‘p talabalar kelgan mamlakatlar:

Turkmaniston — 4 603 nafar;
Hindiston — 3 477 nafar;
Tojikiston — 1 392 nafar;
Xitoy — 710 nafar;
Pokiston – 700 nafar;
Janubiy Koreya — 553 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 333 nafar;
AQSH — 319 nafar;
Filippin – 245 nafar;
Turkiya – 233 nafar;
Afg‘oniston — 226 nafar;
Misr – 203 nafar;
Rossiya – 121 nafar;
Buyuk Britaniya – 110 nafar;
JAR – 98 nafar;
Boshqa davlatlar — 893 nafar.

Xorijlik talabalar sonining ortishi O‘zbekiston ta’lim sohasi xalqaro maydondagi nufuzi oshayotganidan dalolatdir.

Fikrlar (0)
Avval yangilari