Talabaning jinoyati ChatGPT bilan yozishmalari orqali fosh qilindi

AQSHning Missuri shtatida avtomobillarga ommaviy shikast yetkazishda gumonlanayotgan 19 yoshli talaba Rayan Shefer qo‘lga olindi. Shtat politsiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tunda soat uchlar atrofida Shefer 17 ta mashinaning oynalarini sindirgan, ko‘zgularini yulib tashlagan, kapotlariga zarar yetkazgan va oyna tozalagichlarini buzgan.
Kuzatuv kameralari yozuvlari ko‘rsatilganda, u videodagi gumonlanuvchi bilan o‘zaro “o‘xshashlikni sezganini” aytgan, shundan so‘ng mobil telefonini tekshirishlariga rozi bo‘lgan.
Smartfon ma’lumotlari tahlili Sheferning voqea joyida bo‘lganini tasdiqlagan. Bundan tashqari, chat-bot bilan yozishmalarda u sodir etgan harakatlarini tan olgan va shunday holat ilgari ham jazosiz qolganini ta’kidlagan. Vandalizmdan qanday jazosiz qutulish haqida yordam ham so‘ragan.
Talaba hibsga olinib, mulkka qasddan zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Sud uni qamoqqa olishga, ozodlikka chiqqandan so‘ng esa spirtli ichimliklar sotiladigan do‘konlarga kirishini cheklashga, tanlab olingan testlar orqali alkogol va taqiqlangan moddalar iste’molini tekshirishga, shuningdek, joylashuvini kuzatish uchun elektron qurilma taqib yurishga majbur qilishga qaror qilgan.