08:03, Oktabr 8, 2025
/
1,6 тыс

Toshkentda talaba bir ayolning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Joriy yilning 10-iyun kuni poytaxtdagi oliygohlardan birining 20 yoshli 2-bosqich talabasi bir ayolning o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Yigit o‘z nafsiy istaklarini qondirish maqsadida Telegramdagi guruhlarning biriga yozadi. U yerda marhuma bilan tanishgach bir soatlik “xizmat” uchun 1 million 200 ming miqdorida summa “kelishiladi”. Ammo ayol uyga kelgach tinmay telefoni jiringlay boshlaydi. Shundan so‘ng yigitga qarata qayerdan bo‘lsa ham 5 million so‘m topib berishini, yo‘qsa, uni qamatib yuborishi haqida “shantaj” qilib qichqiradi. Qo‘rqib ketgan yigit ayolning og‘zini qo‘llari bilan bekitadi. Ayol esa uning qo‘lini tishlab oladi.

“Barmog‘imni tishlaganda qo‘llarim bo‘yniga ketib qolibdi. Keyin nima bo‘lganini bilmayman. Turtib ko‘raymi desam, tana tarashaday qotib qolgan ekan. Men judayam qo‘rqib ketdim”, – deydi yigit aybiga iqror bo‘lish jarayonida.

Shundan so‘ng mahkum yigit marhuma ayolni choyshab topib o‘rab kirlarni yoyadigan arqon bilan bog‘laydi va ko‘p qavatli uyning balkoniga chiqarib qo‘yadi. O‘zi esa onasi bilan vidolashish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketadi.

Sudlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi “Jinoyat Kodeksi” ning tegishli moddalari bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Aziz talaba! Siz o‘z orzularingizning egasi, ota-onangizning umidisiz. O‘zingizni ham, ularni ham havoyi istaklaringiz ortidan sindirmang. Kelajagingiz uchun eng muhim yillarni panjara ortida o‘tishiga sababchi bo‘lmang. Shu o‘rinda faqat poytaxtda emas, balki uydan uzoqda tahsil oluvchi farzandi bor barcha ota-onalardan ham qayta va qayta ogoh bo‘lishni iltimos qilamiz.

Fikrlar (0)
Avval yangilari