10:19, Oktabr 9, 2025
/
1,8 тыс

Talabalar majburiy tibbiy sug‘urta uchun mablag‘ni qayerdan oladi?!

Rossiyada “ishsizlar” toifasiga kiruvchi aholi, jumladan, talabalar uchun ham majburiy tibbiy sug‘urta xarajatlarini davlat byudjetidan qoplab berishni to‘xtatish taklif qilinmoqda. 

2026-yilda mintaqalar ishsiz aholi uchun majburiy tibbiy sug‘urta (OMS) tizimiga to‘laydigan badallar miqdori har bir kishi uchun taxminan 15 ming rublni tashkil etadi, deb xabar berdi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi “Kommersant” nashriga.

Ushbu to‘lovlarning umumiy hajmi 1,25 trillion rublga yetadi, Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi (FOMS) byudjeti esa 4,7 trillion rubldan oshadi. 

Agar tartib kuchga kirsa, Rossiyada tahsil oluvchi talaba MTS uchun davlatga 15 ming rubl to‘lashi shart bo‘lib qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham bepul tibbiy xizmatni majburiy tibbiy sug‘urta bilan almashtirish sinov tariqasida Sirdaryo viloyatida boshlangan. 2026-2027-yillarda esa butun mamlakat bo‘ylab tatbiq qilish rejalashtirilmoqda. Agar amaliyot joriy etilsa, sug‘urta to‘lovlari talabalar uchun davlat byudjetidan qoplab beriladi. Bu summa (Rossiyadagi narxlar bilan yaqin miqdorda bo‘ladigan bo‘lsa) taxminan 2 million 215 ming so‘mga aylanadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari