13:45, Oktabr 7, 2025
/
784

Tramp universitetlarga “siyosiy kelishuv” taklif qildi

Kuni kecha Oq uy 9 ta nufuzli universitetga shartnoma yubordi. Ular orasida butun dunyoga mashhur Pensilvaniya universiteti, Massachusets texnologiya instituti, Texas hamda Arizona universitetlari bor.

Shartnomaga ko‘ra, oliygohlar Trampning siyosiy ustuvorliklarini qabul qilsa, katta federal grantlar va moliyaviy imtiyozlar oladi. Shartlar ichida gender ta’rifini hukumat bo‘yicha qabul qilish, qabulda irq/jins inobatga olinmasligi, SAT/ACT majburiyligi, xorijiy talabalar soni 15% dan oshmasligi, AQSh lik talabalarga kontrakt 5 yil muzlatilishi, kampuslarda konservativ g‘oyalarga qarshi bo‘linmalarni isloh qilish yoki yopish, namoyish va noroziliklarni qattiq cheklash (dars va kutubxonalarni buzmaslik ) talablari mavjud.

Tanqidchilar bu kelishuvni “akademik erkinlik va so‘z erkinligiga tahdid” deb atamoqda. Kaliforniya gubernatori esa oliy ta’lim muassasalari rahbarlaridan kimdir uni imzolasa, shtat mablag‘laridan ayrilishini aytgan.

Universitetlarga qaror qabul qilish uchun 21-noyabrgacha muddat qo‘yilgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari