Siyosiy diskriminatsiyaga uchragan talaba yoxud “Don’t fly Wizness class” tarixi

Yaqinda kanadalik qo‘shiqchi va bastakor Deiv Keroll “Don’t fly Wizness class” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni muxlislariga taqdim etdi. Qiziq tarafi ushbu musiqiy asarda vatandoshimiz Suhrob Ubaydullayev haqida hikoya qilinadi.
Siyosiy diskriminatsiya oqibatida sarson bo‘lgan Suhrob bilan bo‘lgan voqealar 2023-yil avgust oyida sodir bo‘lgan. Talaba Work and Travel dasturi orqali Yevropaga borgan va O‘zbekistonga qaytishda Rim orqali Abu-Dabiga, Abu-Dabidan esa Samarqandga Wizz Air samolyotida uchishi kerak bo‘lgan. Rimda, ayni bortga chiqayotgan paytida aviakompaniya xodimi uning qo‘lidagi passportga qarab “Sen O‘zbekistonlikmisan?” degan va chekkaga turishni so‘ragan. Shu tariqa samolyotga qo‘yilmagan Suhrobning ikkinchi chiptasi ham kuyib ketgan. Nima qilishini bilmagan talaba qarz olib, Turkiyaga uchgan va Istanbulda bir necha kun boshpanasiz qolib ketgan. Bundan tashqari Wizz Air tomonidan talabaga tahdidlar ham bo‘lgan. Voqealar haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.
“Don’t fly Wizzness class” klipida Suhrobning o‘zi ham ishtirok etgan.