09:05, Oktabr 30, 2025
/
869

Tanish-bilish emas, reklama ham emas: “Avlod Media” eng zo‘r IT o‘qitish markazlari ro‘yxatini tuzib chiqdi!

Sen darsga borish uchun erta uyg‘onolmayotgan bir zamonda AQShliklar odamsimon robot yaratyapti.

1X Technologies kompaniyasi insonning kundalik hayotida yordam berish uchun yaratilgan o‘zining birinchi shaxsiy NEO odamsimon robotini rasman taqdim etdi va oldindan buyurtmani ochdi. Robot oddiy maishiy vazifalarni bajarishga qodir – narsalarni ko‘chirish, eshiklarni ochish, tozalash, narsalarni joylashtirish va ovoz hamda o‘rnatilgan sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchi bilan muloqot qilish. NEO kompyuter ko‘rish tizimi, audio tahlil va til modeli bilan jihozlangan bo‘lib, ular tabiiy suhbatlar olib borish va xo‘jayinning odatlarini eslab qolish imkonini beradi.

Do‘stim, yerliklarning biri odamsimon robot yaratyapti, yana biri qo‘lingdagi telefonning programmasini qilib katta daromad topyapti. Sen ham hayotda nimadirni “qotirib” milliarder bo‘lishni xayol qilayotgan bo‘lsang, “Avlod Media” bugunning eng talabgor sohasi – IT ni o‘rganishni maslahat beradi. Hatto Sen uchun O‘zbekistondagi Top 5 IT o‘qitish markazlari ro‘yxatini ham tuzib qo‘yganmiz:

1. IT Step Academy Tashkent

Bugungi kunda 25 ta davlatda 116 dan ortiq filliallariga ega o‘quv markazi. O‘z faoliyatini 1999-yildayoq boshlagan markazda faqatgina kattalar uchun emas bolalar uchun ham IT kurslari bor. Shu paytgacha 267 mingdan ortiq bitiruvchi yetishtirgan… tasavvur qilyapsanmi?

2. Astrum IT Academy

O‘rta Osiyodagi birinchi va eng katta IT akademiya. Bu yerda seni sun’iy intellekt yordamida o‘qitishning innovatsion usullari, 24/7 ishlaydigan o‘quv kampus, mingga yaqin iMaclar – xullas, maza qilib olinadigan ta’lim kutib turibdi.

3. IT-Academy Tashkent

5 yildan ortiqroq vaqt davomida insonlar ishonchini oqlab kelayotgan markaz. Naqd 7 xil kurs bor, hatto bolalar uchun IT lager ham mavjud. Darslar ham 17:00 dan 19:00 gacha – ayni Senga qulay vaqtda.

4. Mars IT

4 yildan oshiqroq vaqt mobaynida Toshkent shahri bo‘ylab 7 ta filial ochishga ulgurgan bilim dargohi. O‘qitish 9 yoshdan boshlanadi, hatto o‘zlarining maxsus ilovalarini ham ishlab chiqishgan. Asosiy ustozdan tashqari, “support teacher” – qo‘shimcha ustozlar ham bor. Eng, eng, eng keraklisi, nazorat kuchli.

5. Msstart – IT center Sergeli

Sergeli 3 da joylashgan bo‘lib, ko‘plab talabalar yashaydigan hududlarga ancha yaqin. Saytlarda o‘quvchilar tomonidan 5 ta yulduzcha bilan baholangan. Web-dasturlash, SEO kurslarini ham taqdim etadi.

Foydali bo‘lgan bo‘lsa, xursand bo‘lamiz.

Fikrlar (0)
Avval yangilari