2006-yildan keyin tug‘ilganlar uchun chekish taqiqlandi

1-noyabrdan boshlab tamaki isteʼmoli bo‘yicha yangi cheklov amalga kiritildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, 2007-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan har qanday shaxs — fuqaro bo‘ladimi yoki mamlakatga kelgan sayyoh — endilikda tamaki mahsulotlarini sotib olish, chekish yoki sotish huquqiga ega emas. Bu orqali kelajakda chekishdan xoli, sog‘lom avlodni shakllantirish maqsad qilingan.
Qonun buzilgan taqdirda javobgarlik belgilangan: tamakini voyaga yetmaganlarga sotganlar 50 ming rufiy miqdorida jarima to‘laydi. Elektron sigaretalardan noqonuniy foydalanganlar uchun esa 5 ming rufiylik jarima ko‘zda tutilgan. Maʼlumki, bunday “chekishsiz avlod” g‘oyasini ilk bor Yangi Zelandiya amalga joriy etgan edi. Biroq mamlakatda hukumat almashgach, byudjet tushumlarini oshirish maqsadida cheklov bekor qilindi. Hozirda o‘xshash tashabbus Buyuk Britaniyada ham muhokama qilinmoqda.
Ha azizlar, afsuski, bu xabar faqatgina Maldiv orollari uchun amal qiladi. Ko‘rib turganingizdek mamlakat hukumati 4 million so‘mdan boshlab salkam 40 million so‘mgacha miqdorda mos ravishda sigaretalar uchun soliq joriy qildi. Bizda esa doimgiday kun quyoshli, osmon musaffo. Lekin havo tutunli hamda 18 yoshli o‘pkalar zahardan to‘lib bormoqda.
Aytgancha, belgilanmagan, jamoat joylarida chekkanlik uchun jarima 113 ming so‘m qilib belgilanibdi. Oshibdi shekilli-a?..