Immigrant talaba ommaviy otishmani rejalashtirdi

AQShda pokistonlik muhojir talaba ommaviy otishma sodir etishni rejalashtirgani uchun hibsga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli talaba va AQSh fuqarosi Luqmon Xon qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar arsenali bilan hibsga olingan. Huquq-tartibot idoralari uning Delaver universiteti polisiya bo‘limiga hujum qilish rejasini aks ettiruvchi yozuvlari bo‘lgan daftarni tortib oldi.
Xabarlarda, shuningdek, marmar rangli daftarda ommaviy otishma orqali “hammani o‘ldirish” va “shahidlik”ka erishishni ifodalovchi so‘zlar hamda binoning batafsil diagrammasi mavjud. Xon esa keyinchalik politsiyachilarga shahid bo‘lish “inson qilishi mumkin bo‘lgan eng buyuk ishlardan biri” ekanligini aytgan.
Talaba hibsda qolmoqda va u noqonuniy qurol saqlashda ayblangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya G‘arbiy okrug harbiy sudida 22 yoshli talaba Polina Kostikovaning ishi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.