11:53, Iyul 31, 2026
/
492

18 yoshli professor

AQSHda 18 yoshida amerikalik yigit tarixga kirdi. Bu haqida Ginnesning rekordlar kitobi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Natan Tomas muhandislar oilasida tug‘ilgan. U yoshligidan matematika va ilmiy sohalarga, xususan, texnologiya hamda muhandislikka qiziqqan. Tomas 10 yoshida Mayami-Deyd kollejida o‘qishni boshlagan, 14 yoshida esa Florida xalqaro universitetiga o‘qishga kirgan.

2023-yili u 18 yoshida elektrotexnika bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarini olgan. Hozirda u 21 yoshda va oliy ta’lim muassasasida o‘z tengdoshlariga dars bermoqda.

Tomas o‘qituvchilik faoliyati bilan birga o‘qishini ham davom ettirmoqda.  Ya’ni, u Mayami universitetida huquq fanlari doktori ilmiy darajasini olyapti. Kelajakda u STEM sohasiga ixtisoslashgan intellektual mulk huquqi bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan.

“U yerga hamma bir xil maqsadda – o‘qish uchun keladi. Yoshning aslida ahamiyati yo‘q. Men bor e’tiborimni ishimni yaxshi bajarishga va talabalarga qo‘limdan kelganicha yordam berishga qarataman”, – deydi rekordchi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari