14:56, Iyul 30, 2026
/
391

19 yoshli talaba 3 kishini pichoqladi

Ukraina poytaxti Kiyevda 19 yoshli talaba uch nafar erkakka pichoq bilan hujum qilganlikda gumon qilinmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanuvchilardan biri komaga tushgan, yana ikki kishi og‘ir tan jarohati olgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 26-iyul kuni kechqurun talaba sayr qilayotgan vaqtda 29 yoshli yo‘lovchi bilan tortishib qolgan. Aytilishicha, talaba erkakni haqorat qilgan.

Oradan biroz vaqt o‘tib, ular do‘kon yonida yana uchrashib qolishgan. Shu yerda talaba pichoq chiqarib, 29 yoshli erkakka hujum qilgan.

Talaba voqeani to‘xtatishga uringan guvohlarga ham hujum qilingan. Natijada 40 yoshli erkak bosh qismidan pichoq jarohati olib, hushidan ketgan va hozir reanimatsiyada. Yana bir 36 yoshli erkak ham pichoq bilan yaralangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar talabaga bezorilik, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd va og‘ir tan jarohati yetkazish moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilgan. Sud uni garov evaziga ozod qilish huquqisiz qamoqqa olish haqida qaror chiqargan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari