11:23, Dekabr 2, 2025
/
655

Talaba yigit “bivshiy” qizini kaltakladi (video)

Olmaotalik 17 yoshli qiz 18 yoshli sobiq yigit tomonidan kaltaklandi. Bu haqida “Qumash” ning telegram kanalida ma’lum qilindi.

Qizning qarindoshlari allaqachon politsiyaga ariza yozishgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlar unga yopiq bosh miya shikastlanishi, miya chayqalishi va yumshoq to‘qimalarning lat yeyishi tashxislarini qo‘yishgan.

Holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 107-moddasi (“Sog‘liqqa qasddan yengil shikast yetkazish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq qizning yaqinlari, jumladan, singlisining so‘zlariga ko‘ra,ular yigit va qarindoshlarining ba’zi shaxslar bilan “aloqalari” tufayli ish bosim ostida yopdi-yopdi bo‘lishidan xavotirda.Shuningdek, jazoni “qasddan sodir etish” tipidagi modda orqali o‘zgartirishni talab qilishmoqda.

Politsiya departamenti matbuot xizmati yigitning IIV talabasi ekanligini tasdiqlagan. Biroq, tergov tafsilotlarini oshkor qilmaslik uchun boshqa manbalarda uning o‘qish joyi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Xabarn “qizi” bilan tez-tez urushadigan talaba-do‘stingizga yuboring)

Fikrlar (0)
Avval yangilari