15:10, Iyul 14, 2026
/
633

2026/2027-o‘quv uchun davlat granti asosidagi qabul kvotalari soni e’lon qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ta’lim jarayonlarini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Kun tartibidagi masala yuzasidan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov deputatlarning savollariga javob berdi.

Unda Vazir 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti asosidagi qabul kvotalari 36 ming 23 tani tashkil etganini e’lon qildi. Shuningdek, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul parametrlari 234 mingdan ortiq etib belgilangan. Qabul parametrlarini belgilashda muhandislik, axborot texnologiyalari, pedagogika va agrar sohalarga bo‘lgan ehtiyojlar ustuvor hisobga olinmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari