11:55, Iyul 14, 2026
/
373

O‘qishni ko‘chirishda sertifikatlar 2026-o‘quv yilidanoq inobatga olinadi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, endilikda o‘qishni ko‘chirish jarayonida milliy va xalqaro sertifikatlar inobatga olinadi. Ushbu tartibga ko‘ra, chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga mos va turdosh bakalavriat yo‘nalishlariga o‘tishda ushbu fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan bo‘lib, uning talablari joriy 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida to‘liq qo‘llaniladi.

Ma’lumot o‘rnida, imtihonlarda yetarli ball toʻplay olmagan “perevodchilar” ham super-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirishlari mumkin. Bunda summa quyidagicha belgilanadi:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
1,05 balldan 2.05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
2,05 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
3,05 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Agar talabgorning natijasiga 4,05 dan ham ko‘proq ball yetmasa, biroq u minimall o‘tish bali (56,7) dan ko‘proq ball to‘plagan bo‘lsa, bunda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan hisoblangan summani to‘lanadi. Ushbu summa, ya’ni super-kontrakt narxlarini esa har bir OTM o‘zi belgilaydi.
Minimal o‘tish balidan kam to‘plaganlarga hech qanday holatda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari