09:12, Iyun 9, 2026
/
246

2026-yilda 320 ming nafar talaba oliygohlarni bitiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga oid takliflar bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda mamlakatdagi oliygohlarni 320 ming nafarga yaqin talaba bitirishi kutilmoqda.

Bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida 8 mingdan ortiq loyihani moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m ajratilib, 10 mingga yaqin yoshni ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 ta OTM karyera markaziga 500 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Bundan tashqari, yig’ilishda aniq buyurtma va mehnat bozori ehtiyojlari asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan dual ta’lim tizimini keng joriy etish taklifi ham ilgari surildi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari