08:13, Avgust 6, 2026
/
302

2027-yildan boshlab oliygohlarda yangi yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi

4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-292-son qarori qabul qilindi. Unga asosan, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarida maqsadli qabul asosida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga xorijiy tillarni o‘rgatuvchi mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarida “boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun maxsus pedagogika fanlari chuqurlashtirilgan dasturlar asosida o‘qitiladi. Maxsus pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limga qabul ko‘rsatkichlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalari hamda qayta tayyorlov dasturida tahsil olayotgan tinglovchilarning amaliyot o‘tash joylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan bazaviy ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari