13:04, Aprel 11, 2025
/
151

21 mingdan ortiq talaba oliygohlardan chetlatilgan

Qozog‘istonda 21 mingdan ortiq talaba oliygohlardan chetlatilgan.
Shularning ichida 1455 nafari xorijlik talabalardir.
Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligining rasmiy so‘rovga javoban bergan ma’lumotida aytilgan.
– 2024–2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari ma’lumotlariga ko‘ra, jami 21 271 nafar talaba o‘qishdan chetlatilgan. Shulardan 1455 nafari xorijlik talabalar. Chetlatish sabablari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: o‘z ixtiyori bilan o‘qishni tark etish, o‘qishdagi muvaffaqiyatsizlik, moliyaviy muammolar, boshqa oliygohga o‘tish, talabaning vafoti kabi holatlar, – deyiladi vazirlik javobida.
– Oliy ta’lim muassasalari chetlatish darajasini kamaytirish uchun turli chora-tadbirlarni ko‘rmoqda: akademik qo‘llab-quvvatlash (murabbiylik, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, kurslar), talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlari, o‘qishga chegirmalar berish va boshqalar, – deyiladi rasmiy javobda.
Vazirlik shuningdek, o‘tgan o‘quv yili davomida 37 503 nafar talaba chetlatilganini ma’lum qildi. Bu ko‘rsatkich hozirgi o‘quv yiliga nisbatan 16 ming nafarga ko‘p.

Fikrlar (0)
Avval yangilari