12:19, Noyabr 5, 2025
/
643

Osiyo qit’asida eng yaxshi 22 o‘zbek oliygohlari

QS Quacquarelli Symonds agentligi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — QS Asia University Rankings 2026 roʻyxatini e’lon qildi. Mazkur reytingni tuzish jarayonida Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor roʻyxatga kiritilgan.

Reyting oliygohlarning ilmiy salohiyati, xalqaro nufuzi, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyati asosida tuziladi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari doirasidagi ro‘yxatni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari milliy tadqiqot universiteti boshlab bergan.

Oliygohlarning to‘liq reytinglari va o‘rinlar bilan batafsil tanishing:

1. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 103

2. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti – 180

3.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 274

4. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti – 301

5. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti – 307

6. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 557

7. Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti – 588

8. Toshkent davlat transport universiteti – 602

9. Urganch davlat universiteti – 632

10. Toshkent davlat agrar universiteti – 741-750

11. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat universiteti – 801-850

12. Fargʻona davlat texnika universiteti – 851-900

Fikrlar (0)
Avval yangilari