08:38, Fevral 13, 2026
/
640

Andijonda talaba qotillikda gumonlanib qo‘lga olindi

Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4-fevral kuni Andijonda yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxs Ichki ishlar bo‘limiga o‘ziga nisbatan uyushtirilayotgan suiqasd bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. U besh nafar jinoyatchidan iborat uyushgan guruh 1500 dollar evaziga qotil yollab, uni qasddan o‘ldirishni kelishganini bildirgan.

Natijada, 1984-yilda tug‘ilgan “Ronaldo” laqabli muqaddam Jinoyat Kodeksining 8 ta moddasi bilan sudlangan jinoiy guruh yetakchisi yollanma qotilga tadbirkorni o‘ldirishi uchun 1500 dollar berishga kelishib, dastlab 300 ming so‘m pulni berayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, muqaddam sudlangan “Glavrach” laqabli (1984-yilda tug‘ilgan) viloyat Paxtaobod tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, sudlangan “Boksyor” laqabli (1984 yilda tug‘ilgan) shaxslar ushlangan. Ming afsuski, jinoyatchilar o‘z qilmishlariga yoshlarni ham sherik qilishgan. Jumladan, 2003-yilda tug‘ilgan Tibbiyot instituti talabasi ham gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan mazkur jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish ochilgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari