Pentagon 30 ta universitetni tekshiruvga oldi

AQSh Mudofaa vazirligi 30 ta universitetdan xorijiy tashkilotlar bilan akademik, moliyaviy va ilmiy-tadqiqot aloqalarini tekshirish hamda hisobot taqdim etishni talab qildi.
Tekshiruv, Xitoy, Rossiya va Eron bilan bog‘liq hamkorliklarga qaratilgan.
Pentagon vakillarining ta’kidlashicha, bunday choralar AQShning milliy xavfsizligini himoya qilish, texnologiyalarning ruxsatsiz uzatilishi va intellektual mulkning o‘g‘irlanishining oldini olishga qaratilgan.
Talabni bajarmagan yoki aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etmagan universitetlar federal tadqiqot mablag‘laridan mahrum bo‘lishi mumkin.
Hozircha Pentagon tomonidan qaysi 30 ta universitetga ogohlantirish yuborilgani rasman ochiqlanmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyi oxirida Pentagon milliy xavfsizlikka tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xorijiy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini ham kengaytirgan. Ro‘yxatda Rossiyaning Moskva davlat universiteti, MIREA va boshqa oliygohlar bor.