15:00, Yanvar 15, 2026
/
683

4000 ta o‘zbek tibbiyot va iqtisodni Qozog‘sitonda o‘qimoqda

2025-yil hisobiga ko‘ra Qozog‘sitonda 35 mingta talaba 88 xil xorij yoshlaridir. Bunda top 3 talikdagi yirik talabalar guruhi hind, turkman va o‘zbeklar bo‘ldi.

2010-yillardan, Qozog‘iston ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirishni boshladi. Ingliz tilidagi darslar, dunyoning taniqli oliygohlari bilan sheriklikdagi o‘qitish va yildan-yilga ko‘proq xorijiy akkreditatsiyadan o‘tib borishi, bugunda qozoq ta’limini talabgir qilib qo‘ydi.

9 ming 900 ta hind, 9 mingta turkman va 4 ming 100 ta o‘zbek oliy ta’limni o’qish uchun Qozog‘siton universitetlarini tanlashgan. Hatto ko‘p aholisi bor Xitoy va Rossiya bu reytingda o‘zbeklardan pastda.

Talabalar tanlagan asosiy sohalar esa: tibbiyot, It, iqtisod va muhandislikni ko‘rsatmoqda. Ko‘p tanlangan qozoq oliygohlarning diplomlari odatda, AQSh, Yevropa va Osiyoda tan olinadi. Masalan,

– Nazarbayev University
– Al-Farabi KazNU
– Satbayev University
– Asfendiyarov Medical University va boshqa tibbiyot OTM’larini WFME akkreditatsiyasi bor yoki top 300 talikka kirgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari