10:01, Dekabr 6, 2025
/
422

Yaqinroq keling: Sizga vazifalaringizni bajarishda yordam beruvchi 5 ta texnikani o‘rgatamiz!

1. Pomodoro texnikasi

Ishni 25 daqiqalik bloklarga ajratish, ulardan so’ng 5 daqiqalik qisqa tanaffus. Har 4 blokdan keyin katta (20-30 daqiqa) tanaffus qilasiz. Ayniqsa, zerikarli yoki qiyin bo’lgan darslik yoki matn ustida ishlashda diqqatni yo’qotmaslik uchun ideal.

2. Eat the frog

Kunning eng qiyin, noxush yoki eng muhim vazifasini ya’ni, “qurbaqani” hamma narsadan avval bajarish. Ertalab uyg‘oniboq, o‘qishdagi eng qiyin vazifani (masalan, murakkab hisobot yoki uzoq esseni) bajarish bilan kunni boshlang. Shunda qolgan ishlar oson tuyuladi.

3. Time Blocking

Kalendaringizda ma’lum bir vazifani bajarish uchun aniq vaqt bloklarini (masalan, 9:00 dan 11:00 gacha) belgilash.Har bir dars, loyiha, uy vazifasi va hatto dam olish uchun aniq vaqt ajrating. Bu sizning kun tartibingizni yanada tartibli qiladi va har bir ish uchun vaqt topilishini ta’minlaydi.

4. Deep Work

Chalg‘ituvchi narsalardan (telefon, internet, xabarlar) butunlay uzilib, bitta muhim vazifaga yuqori darajada diqqatni jamlab ishlash vaqti. Telefoningizni o‘chirib qo‘ygan holda kuniga 60-90 daqiqalik ajratilgan vaqt belgilang va shu vaqt ichida faqat bitta muhim o‘qish vazifasiga e’tibor qarating.

5. Getting Things Done (GTD) Metodi

Barcha fikrlar, vazifalar va g‘oyalarni miyadan tashqariga – bitta joy (daftar yoki ilova) ga yozib qo‘yish. Keyin ularni ustuvorlik va harakatga asoslangan toifalarga ajratish. O‘qish bilan bog‘liq barcha vazifalarni (testga tayyorlanish, kitob o’qish, o‘qituvchiga yozish) bir joyda to‘plab, keyingi aniq qadamni belgilash orqali stressni kamaytiradi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari