Endi yoshlarning ishga joylashishi uchun yangi tizim yaratiladi

16-fevral kuni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, mahallani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
➖mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish orqali qo‘shimcha 100 mingta yangi ish o‘rnini yaratish;
➖mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirib, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish.
Quyidagilar kasblarni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
2026/2027-o‘quv yilidan 7 ta hududda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etib, ular orqali maktab o‘quvchilarini zamonaviy kasblarga yo‘naltirish;
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etish.