Qator to‘lovlar uchun chegirmalar: endi ijtimoiy faollik faqat “maqtov yorlig‘i” bilan mukofotlanmaydi

Prezident tashabbusi bilan endilikda jamiyatning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi rolini oshirish maqsadida “Ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish” loyihasi amalga oshiriladi.
Yangi tashabbus doirasida fuqarolar
➖“Yashil makon” va boshqa ekologik loyihalarda ishtirok etgani;
➖keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘mak bergani;
➖mahalla darajasida oilaviy nizolarni hal qilishda jamoatchilik mediatori sifatida qatnashgani;
➖mahallaning infratuzilmaviy muammolarini hal qilishdagi hissasi;
➖mahallalarda yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunarlarni bepul o‘qitishda ishtirok etgani uchun rag‘batlantiriladi:
Fuqarolar hissasini hisobga olish uchun amalda ishlangan vaqt asosida ball to‘plash tizimi (Time banking) joriy etiladi.
Faollik ko‘rsatkichlariga qarab davlat tomonidan quyidagi imtiyozlar beriladi:
davlat xizmatlarini to‘lashda 10% chegirma;
oliy ta’lim muassasalarida kontrakt pulining 5% qismi qoplab berilishi;
avtokreditlar bo‘yicha 3% gacha kompensatsiya.
Kutilishicha, kamida 350 ming nafar fuqaro jamiyat muammolarini hal etishda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jamoatchilik faoliyati hajmi 1–1,5 million soatga yetishi rejalashtirilgan.