13:12, Fevral 18, 2026
/
231

Qator to‘lovlar uchun chegirmalar: endi ijtimoiy faollik faqat “maqtov yorlig‘i” bilan mukofotlanmaydi

Prezident tashabbusi bilan endilikda jamiyatning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi rolini oshirish maqsadida “Ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish” loyihasi amalga oshiriladi.

Yangi tashabbus doirasida fuqarolar

“Yashil makon” va boshqa ekologik loyihalarda ishtirok etgani;

keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘mak bergani;

mahalla darajasida oilaviy nizolarni hal qilishda jamoatchilik mediatori sifatida qatnashgani;

mahallaning infratuzilmaviy muammolarini hal qilishdagi hissasi;

mahallalarda yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunarlarni bepul o‘qitishda ishtirok etgani uchun rag‘batlantiriladi:

Fuqarolar hissasini hisobga olish uchun amalda ishlangan vaqt asosida ball to‘plash tizimi (Time banking) joriy etiladi.

Faollik ko‘rsatkichlariga qarab davlat tomonidan quyidagi imtiyozlar beriladi:

davlat xizmatlarini to‘lashda 10% chegirma;

oliy ta’lim muassasalarida kontrakt pulining 5% qismi qoplab berilishi;

avtokreditlar bo‘yicha 3% gacha kompensatsiya.

Kutilishicha, kamida 350 ming nafar fuqaro jamiyat muammolarini hal etishda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jamoatchilik faoliyati hajmi 1–1,5 million soatga yetishi rejalashtirilgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari