Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
Endi texnikumlarda ham stipendiya to‘lanadi

Hukumatning 2026-yil 30-iyundagi qaroriga ko‘ra, texnikumlarda dual ta’lim shaklida o‘qiyotgan o‘quvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilmoqda.
Qachondan boshlanadi?
- Stipendiya to‘lash amaliyoti 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.
Stipendiya miqdori qancha?
- Barchaga kafolatlangan stipendiya: 1-kursga qabul qilingan har bir o‘quvchiga, fanlarni o‘zlashtirishidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (BHM) miqdorida stipendiya to‘lanadi.
- A’lochilar uchun 3 baravar ko‘p: Fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 85 foizdan yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga BHMning 3 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Bu imtiyozga ega bo‘lish uchun o‘quvchilarning semestr yakuni bo‘yicha baholari faqat “5” (a’lo) va “4” (yaxshi) bo‘lishi talab etiladi.
- Chempionlarga ham 3 baravar: Kasblar bo‘yicha respublika va xorijiy tanlovlar g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilarga ham BHMning 3 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi.
To‘lov vaqti va tartibi
- Stipendiya to‘lovlari o‘quvchilarga har oyning 15-sanasiga qadar to‘lab beriladi.
- Maxsus elektron platforma ishga tushiriladi va u orqali o‘quvchilarning kunlik davomati hamda amaliyot natijalari yuritib boriladi.
Muhim shartlar (qachon stipendiya to‘xtatiladi?)
- Davomat: O‘quvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra 74 soatdan ortiq dars qoldirganda stipendiya to‘lash to‘xtatiladi.
- Intizom va amaliyot: O‘quvchi korxonaning ichki tartib-qoidalarini buzganda, amaliyot rejasini bajarmaganda yoki kundalikni vaqtida yuritmaganda stipendiyadan mahrum bo‘ladi.
- Ijtimoiy himoya: Homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun o‘quvchilarga BHMning 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanishi saqlab qolinadi. Akademik ta’til davrida esa stipendiya to‘lanmaydi.
Batafsil👇
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти