07:45, Iyul 2, 2026
/
303

Endi texnikumlarda ham stipendiya to‘lanadi

Hukumatning 2026-yil 30-iyundagi qaroriga ko‘ra, texnikumlarda dual ta’lim shaklida o‘qiyotgan o‘quvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilmoqda.

Qachondan boshlanadi?

  • Stipendiya to‘lash amaliyoti 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.

Stipendiya miqdori qancha?

  • Barchaga kafolatlangan stipendiya: 1-kursga qabul qilingan har bir o‘quvchiga, fanlarni o‘zlashtirishidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (BHM) miqdorida stipendiya to‘lanadi.
  • A’lochilar uchun 3 baravar ko‘p: Fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 85 foizdan yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga BHMning 3 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Bu imtiyozga ega bo‘lish uchun o‘quvchilarning semestr yakuni bo‘yicha baholari faqat “5” (a’lo) va “4” (yaxshi) bo‘lishi talab etiladi.
  • Chempionlarga ham 3 baravar: Kasblar bo‘yicha respublika va xorijiy tanlovlar g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilarga ham BHMning 3 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi.

To‘lov vaqti va tartibi

  • Stipendiya to‘lovlari o‘quvchilarga har oyning 15-sanasiga qadar to‘lab beriladi.
  • Maxsus elektron platforma ishga tushiriladi va u orqali o‘quvchilarning kunlik davomati hamda amaliyot natijalari yuritib boriladi.

Muhim shartlar (qachon stipendiya to‘xtatiladi?)

  • Davomat: O‘quvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra 74 soatdan ortiq dars qoldirganda stipendiya to‘lash to‘xtatiladi.
  • Intizom va amaliyot: O‘quvchi korxonaning ichki tartib-qoidalarini buzganda, amaliyot rejasini bajarmaganda yoki kundalikni vaqtida yuritmaganda stipendiyadan mahrum bo‘ladi.
  • Ijtimoiy himoya: Homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun o‘quvchilarga BHMning 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanishi saqlab qolinadi. Akademik ta’til davrida esa stipendiya to‘lanmaydi.

Batafsil👇

Fikrlar (0)
Avval yangilari