18 yoshli professor

AQSHda 18 yoshida amerikalik yigit tarixga kirdi. Bu haqida Ginnesning rekordlar kitobi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Natan Tomas muhandislar oilasida tug‘ilgan. U yoshligidan matematika va ilmiy sohalarga, xususan, texnologiya hamda muhandislikka qiziqqan. Tomas 10 yoshida Mayami-Deyd kollejida o‘qishni boshlagan, 14 yoshida esa Florida xalqaro universitetiga o‘qishga kirgan.
2023-yili u 18 yoshida elektrotexnika bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarini olgan. Hozirda u 21 yoshda va oliy ta’lim muassasasida o‘z tengdoshlariga dars bermoqda.
Tomas o‘qituvchilik faoliyati bilan birga o‘qishini ham davom ettirmoqda. Ya’ni, u Mayami universitetida huquq fanlari doktori ilmiy darajasini olyapti. Kelajakda u STEM sohasiga ixtisoslashgan intellektual mulk huquqi bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan.
“U yerga hamma bir xil maqsadda – o‘qish uchun keladi. Yoshning aslida ahamiyati yo‘q. Men bor e’tiborimni ishimni yaxshi bajarishga va talabalarga qo‘limdan kelganicha yordam berishga qarataman”, – deydi rekordchi.