09:56, Avgust 12, 2026
/
1,4 тыс

Oʻqishni koʻchirish uchun ruxsatnomalar qachon chiqadi?

Oʻtgan yili oʻqishni koʻchirish jarayonlari 5-avgust sanasida,  toʻlov qilish imkoniyati esa 6-avgust kuni yakunlangan edi. Test sinovlari uchun ruxsatnomalar 7 kundan keyin 12-avgust 18:00 lar atrofida e’lon qilingan edi.

Bu yil oʻqishni koʻchirish uchun qabul jarayonlari rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun istisno tariqasida 10-avgust sanasigacha surib berildi. Natijada ruxsatnoma chiqish sanasi biroz surilishi aniq.

Ruxsatnoma beriladigan ehtimoliy muddat esa 14-avgust bo‘lishi mumkin. Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihonlar esa 16-avgustdan e’tiboran 2 smenada tashkil etilishi ehtimoli katta.

Fikrlar (0)
Avval yangilari