Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
Oʻqishni koʻchirish uchun ruxsatnomalar qachon chiqadi?

Oʻtgan yili oʻqishni koʻchirish jarayonlari 5-avgust sanasida, toʻlov qilish imkoniyati esa 6-avgust kuni yakunlangan edi. Test sinovlari uchun ruxsatnomalar 7 kundan keyin 12-avgust 18:00 lar atrofida e’lon qilingan edi.
Bu yil oʻqishni koʻchirish uchun qabul jarayonlari rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun istisno tariqasida 10-avgust sanasigacha surib berildi. Natijada ruxsatnoma chiqish sanasi biroz surilishi aniq.
Ruxsatnoma beriladigan ehtimoliy muddat esa 14-avgust bo‘lishi mumkin. Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihonlar esa 16-avgustdan e’tiboran 2 smenada tashkil etilishi ehtimoli katta.
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти