09:46, Sentabr 18, 2026
/
4,1 тыс

Birinchi kurslar, o‘qishdan haydalishga asos bo‘luvchi holatlar haqida bilib oling!

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida talabalarni o‘qishdan chetlatish va kursdan-kursga qoldirish tartiblari belgilangan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, talaba quyidagi holatlarda OTMdan chetlashtirilishi mumkin:

– o‘z xohishiga ko‘ra;
– boshqa OTMga o‘qishini ko‘chirganda;
– ichki tartib yoki odob-axloq qoidalarini buzganda;
– uzrli sababsiz bir semestrda 74 soatdan ortiq dars qoldirganda;
– kontrakt to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
– sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
– kirish imtihonlari tartibini buzganligi sud tomonidan aniqlanganda;
– qabulda qalbaki yoki talablarga mos kelmaydigan hujjatlar taqdim etilgani aniqlanganda.

Talaba qaysi holatlarda kursda qoldiriladi?

Talaba OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan quyidagi holatlarda kursdan-kursga qoldirilishi mumkin:

– belgilangan muddatda fanlarni o‘zlashtira olmasa va akademik qarzdor bo‘lsa. Biroq kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talabalar uchun bu tartib boshqacha;

– kredit-modul tizimida ta’lim olayotgan talaba semestr yoki o‘quv yili yakunida belgilangan GPA o‘tish balini to‘play olmasa;

– malakaviy amaliyotga qatnashmasa yoki amaliyot yakunida qoniqarsiz baho olsa.

Ya’ni, fanlardan qarzdorlik, GPAning yetarli bo‘lmasligi yoki malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlamaslik talabaning kursda qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ilmira Alizoda

Fikrlar (0)
Avval yangilari