Pedagoglar farzandlari uchun kontrakt chegirmasiga arizalar qabuli boshlandi (qo‘llanma)

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foizlik chegirma olishga arizalar qabuli boshlandi.

Kimlar imtiyoz olishi mumkin?
– Davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlari.
Qanday ariza beriladi?
– Arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborish mumkin.
– Arizalar ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
– Agar pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida kontrakt asosida o‘qisa, chegirma ularning har biriga alohida qo‘llanadi.
Kimlarga chegirma berilmaydi?
– Nodavlat va xorijiy OTMlar hamda ularning filiallari talabalari;
– Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari talabalari;
– Qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qiyotganlar;
– Xorijiy hamkor OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari.
Eslatib o‘tamiz, ushbu imtiyoz 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab joriy etilgan va har o‘quv yili uchun bir marta qo‘llanadi.
Ilmira Alizoda