09:25, Iyul 13, 2026
/
378

Sertifikati bor 13 ming nafar abituriyent test topshirmaydi

O‘zbekistonda milliy yoki xalqaro sertifikatga ega 12 ming 997 nafar abituriyent 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridan ozod qilindi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu abituriyentlar test topshirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov bosqichida ishtirok etadi. Shu sababli ularga «Abituriyent ruxsatnomasi» berilmagan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili bunday imkoniyatdan atigi 678 nafar abituriyent foydalangan edi. Joriy yilda oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun 677 ming 907 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 664 ming 609 nafari test sinovlarida qatnashadi. Qolgan qariyb 13 ming nafar abituriyent esa sertifikat asosida testdan ozod etilgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar taqdim etgan 24,5 mingdan ortiq xalqaro sertifikat tasdiqlangan. Shuningdek, bu yil oliy ta’limga hujjat topshirgan erkaklar soni oshgani, ayollar soni esa o‘tgan yilga nisbatan kamaygani qayd etilgan. Ma’lumot uchun, o’tgan yili abituriyentlarning 365,2 ming nafari (53,9 foiz) ayollar boʻlgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5,2 ming nafarga kam.

Fikrlar (0)
Avval yangilari