Abituriyentlar uchun reytingdagi o‘rnini ko‘rish xizmati ishga tushdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlar uchun fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini ko‘rsatadigan kengaytirilgan qidiruv xizmatini ishga tushirdi.
Endilikda abituriyentlar mutaxassislik fanlari majmuasi, ta’lim tili kesimida reytingda nechanchi o‘rinda turganini onlayn bilishlari mumkin.
Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kirib, «Kengaytirilgan qidiruv» bo‘limida kerakli fanlar majmuasini tanlashi kerak.
Ma’lumot o‘rnida, 25-iyuldan 8-avgustgacha abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.
To‘plagan balingiz bilan qaysi OTMga grant yoki kontrakt asosida kirish imkoniyatingiz borligini @Avlodmediabot orqali balingizga mos keladigan ta’lim yo‘nalishlari va oliy ta’lim muassasalarini tez va oson aniqlashingiz mumkin.
Yo‘nalish tanlash bo‘yicha batafsil videoqo‘llanma bu yerda.