07:34, Noyabr 3, 2026
/
849

Akademik litsey oliygohga kirish uchun yetarli bilim bera olmayapti…

Özbekistondagi akademik litsey öquvçilarining 25,4 foizi oliy ta’lim taşkilotiga kiriş uçun qöşimça tayyorgarlik zarurligini bildirgan. Pedagoglarning 98,6 foizi esa öquvçilarning oliy ta’limga tayyorgarligini ijobiy baholagan.

Akademik litseylarda tahsil oliş oliy ta’lim taşkilotiga kiriş uçun yetarli bilim va könikmalarni şakllantiryaptimi? Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi tomonidan ötkazilgan umummilliy sörovnoma natijalari bu borada öquvçilar va pedagoglarning fikrlarini aks ettirdi. Tadqiqot 2026-yil 21-martdan 9-aprelga qadar respublikaning barça 14 ta hududidagi 73 ta akademik litseyda ötkazilgan. Unda jami 27 077 nafar respondent, jumladan, 24 557 nafar öquvçi va 2 520 nafar pedagog iştirok etgan.

Sörovnoma natijalariga köra, öquvçilarning 70,1 foizi oliy ta’lim taşkilotiga kiriş imkoniyatiga töliq işonişini bildirgan. Respondentlarning yana 25,4 foizi oliygohga kirişiga işonişini, biroq buning uçun qöşimça tayyorgarlik zarurligini qayd etgan. Şu tariqa, öquvçilarning 95,5 foizi oliy ta’limga kiriş imkoniyatini ijobiy baholagan. Biroq öquvçilarning çorak qismidan köproği qöşimça tayyorgarlikka ehtiyoj sezayotgani akademik litseylardagi ta’lim jarayonini takomillaştiriş, öquv dasturlari va oliy ta’limga tayyorlaş tizimini yanada rivojlantiriş masalasini dolzarb etib qöymoqda.

Pedagoglarning baholari esa nisbatan yuqori. Sörovnomada qatnaşgan öqituvçilarning 98,6 foizi öquvçilarning oliy ta’limga tayyorgarligini ijobiy baholagan. Şuningdek, pedagoglarning 88,6 foizi akademik litseylarda ilğor ta’lim usullaridan foydalaniş darajasiga ijobiy munosabat bildirgan.

Şu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari bilan integratsiya masalasida ijobiy baholar 60,9 foizni taşkil etgan. Tadqiqotda mazkur yönalişda rivojlaniş imkoniyatlari saqlanib qolayotgani qayd etilgan.

Öquvçilarning ta’lim jarayonidan qoniqiş körsatkiçlari ham örganilgan. Natijalarga köra, respondentlarning 86 foizi dars sifati va öqituvçilar mahoratidan, 92,8 foizi esa çuqurlaştirilgan fanlarni özlaştiriş darajasidan mamnunligini bildirgan. Bundan taşqari, öquvçilar öquv jarayoni va ta’lim dasturlarini takomillaştiriş yuzasidan jami 2 763 ta taklif bildirgan. Ularda, xususan, imtihon va baholaş tizimini yaxşilaş masalalari ham kötarilgan. Tadqiqot davomida akademik litseylarning ixtisoslaşuv yönalişlari böyiça ham natijalar tahlil qilingan. Pedagoglar bahosi asosida hisoblangan umumiy körsatkiç tibbiyot yönalişidagi litseylarda 83,6 ballni taşkil etib, eng yuqori natija sifatida qayd etilgan. Amaliy-texnik yönalişdagi litseylar 80,4 ball, pedagogika yönalişidagilar 77,8 ball, ijtimoiy-gumanitar yönalişdagilar esa 74,1 ball töplagan.

Tahlil xulosasida pedagogika va ijtimoiy-gumanitar yönalişlarda xalqaro ta’lim elementlarini kengaytiriş, çuqurlaştirilgan ta’lim mazmunini boyitiş hamda öquv dasturlarini zamonaviy kompetensiyalar asosida takomillaştiriş zarurligi ta’kidlangan.

Sörovnoma natijalari akademik litseylarda ta’lim jarayoni va öquvçilarning oliy ta’limga tayyorgarligiga doir ijobiy körsatkiçlar mavjudligini körsatadi. Şu bilan birga, qöşimça tayyorgarlikka ehtiyoj bildirgan öquvçilar uluşi, xalqaro ta’lim dasturlari bilan integratsiya darajasi va ta’lim yönalişlari örtasidagi tafovutlar uşbu tizimni yanada takomillaştiriş zarurligini körsatmoqda.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari