09:37, Noyabr 24, 2026
/
145

Amaliyotda işlagan talaba maoş oladimi? Özbekiston va xorij tajribasi

Işga kiriş uçun tajriba kerak, tajriba orttiriş uçun esa iş topiş lozim. Talabalar duç keladigan bu muammoni amaliyot orqali hal qiliş mumkin. Biroq amaliyotning hammasi ham haq tölanadigan faoliyat emas. Uning turi, davomiyligi va korxona bilan tuzilgan kelişuvga qarab talabaning huquqlari ham farq qiladi.

Amaliyotning qanday turlari bor?
Talabalar amaliyoti, avvalo, majburiy va ixtiyoriy şakllarga bölinadi. Majburiy amaliyot universitetning öquv rejasi asosida taşkil etiladi. Ixtiyoriy stajirovkani esa talaba öz taşabbusi bilan kompaniya yoki taşkilotdan topişi mumkin.
Majburiy amaliyotning asosiy şakllari quyidagilar:
➖ Öquv-tanişuv amaliyoti – odatda 1–2-kurslarda ötkaziladi. Talaba korxona, kasb va iş jarayoni bilan tanişadi.
➖ Malakaviy yoki işlab çiqariş amaliyoti – 2–4-kurslarda taşkil etiladi. Bu bosqiçda talaba mutaxassisligi böyiça amaliy vazifalarni bajaradi.
➖ Bitiruv oldi amaliyoti – bitiruvçi kursda ötiladi. Unda bitiruv malakaviy işi uçun ma’lumot töplaş va bölajak iş joyida tajriba orttiriş imkoniyati mavjud.
➖ Pedagogik va klinik amaliyot – ta’lim yönalişiga qarab maktab, klinika va boşqa tegişli muassasalarda ötkaziladi.
Amaliyotning alohida şakllardan biri – dual ta’lim. Bunda talaba haftaning bir qismini universitetda, qolgan qismini korxonada ötkazadi. Mazkur tizimda korxona bilan mehnat şartnomasi tuziladi va talaba bajargan işi uçun haq oladi.

Özbekistonda qonunçilik nima deydi?
Özbekistonda talabalar amaliyotini “Ta’lim töğrisida”gi Qonun, Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda oliy ta’lim muassasalarining amaliyot dasturlari asosida tartibga soladi. Jumladan, 2020-yil 23-sentyabrdagi ÖRQ-637-son “Ta’lim töğrisida”gi Qonun ta’lim tizimi va dual ta’limning huquqiy asoslarini belgilaydi. Mehnat kodeksi esa talaba mehnat şartnomasi asosida işlaganida uning huquqlarini kafolatlaydi.

2024-yil 8-yanvardagi 11-son qaror bitiruvçi talabalar uçun haq tölanadigan amaliyotni, 2025-yil 16-yanvardagi 14-son qaror oliy ta’limda dual ta’limni, 2025-yil 30-sentyabrdagi 615-son qaror esa amaliyot va işga joylaştiriş jarayonlarini raqamlaştirişni nazarda tutadi. Bu yerda muhim farq bor: universitet tomonidan öquv rejasiga muvofiq taşkil etilgan majburiy amaliyot mehnat munosabati hisoblanmaydi. Şu sababli korxona talabaga buning uçun avtomatik ravişda iş haqi tölaşi şart emas. Ammo talaba bilan mehnat şartnomasi tuzilsa, unga xodim sifatida qonunçilikda belgilangan huquqlar tatbiq etiladi.

Talaba qaçon haq olişi mumkin?
Özbekistonda haq tölanadigan amaliyotning uçta asosiy yöli mavjud: davlat tanlovida qatnaşiş, dual ta’limda öqiş yoki korxonaga mehnat şartnomasi asosida işga kiriş. 2024-yildan beri bitiruvçi kurs talabalari uçun davlat hisobidan haq tölanadigan amaliyot tanlovi ötkaziladi. Har yili 500 ta örin ajratiladi. Amaliyot bir oydan uç oygaça davom etadi. Iştirokçilarga oyiga 2 BHM miqdorida tölov beriladi. 2026-yil 1-sentyabrdan bu 880 ming sömni taşkil etadi. Tanlovda qatnaşiş uçun talaba öz oliy ta’lim muassasasiga murojaat qiladi. Mutaxassisligi amaliyot ötaladigan korxona faoliyatiga mos bölişi kerak. Yana bir imkoniyat – dual ta’lim. Bu tizim 2025/2026-öquv yilidan oliy ta’limga bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda. Dastlabki bosqiçda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining 3–4-kurs talabalari qamrab olingan. Talaba haftada kamida ikki kun universitetda öqiydi, qolgan kunlari korxonada işlaydi. Uning iş haqi davlat va iş beruvçi tomonidan moliyalaştiriladi. Masalan, oylik 2,5 million söm bölsa, 2 million sömi Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi hisobidan, qolgan 500 ming sömi korxona tomonidan qoplanadi.

Şuningdek, kunduzgi ta’limda öqiyotgan talabalar ham darsdan böş vaqtlarida rasman işlaşi mumkin. Buning uçun iş beruvçi bilan mehnat şartnomasi tuziladi va iş jadvali dars vaqtiga moslaştiriladi. Mehnat kodeksining 248-moddasida iş va öqişni birgalikda olib boriş uçun şaroit yaratiş masalasi belgilangan. 2025-yildan amaliyot va işga joylaştiriş jarayonlari “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali raqamlaştirilgan. Amaliyot şartnomasi platformada uning boşlanişidan kamida uç hafta oldin rasmiylaştirilişi kerak.

Rivojlangan mamlakatlarda talabalar amaliyotga qanday kiradi va haq oladimi?
AQŞ va Buyuk Britaniyada talabalar amaliyotga, odatda, kompaniyalarning maxsus dasturlari yoki universitet bilan hamkorlikdagi iş joylari orqali kiradi. Biroq amaliyotga qabul qilinişning özi haq tölanişini anglatmaydi. Har ikki davlatda ham buning uçun alohida huquqiy mezonlar mavjud.

AQŞ: amaliyotga tanlov orqali kiriladi, haq esa talabaning maqomiga boğliq.
AQŞda kompaniyalar talabalar uçun yozgi va mavsumiy internşip dasturlarini e’lon qiladi. Talaba öz mutaxassisligiga mos vakansiyani tanlab, rezyume va motivatsion xat yuboradi. Ayrim kompaniyalar nomzodlardan suhbatdan ötişni, akademik natijalarini yoki avvalgi loyihalarini taqdim etişni ham söraydi. Tanlovdan ötgan talaba kompaniya bilan kelişilgan muddatda amaliyot ötaydi. Bunday dasturlar pullik ham, bepul ham bölişi mumkin. Biroq AQŞda kompaniya amaliyotni şunçaki “bepul” deb e’lon qilişi bilan iş haqi tölaş majburiyatidan ozod bölib qolmaydi. AQŞ Mehnat vazirligining “Fair Labor Standards Act” qonuni doirasidagi yondaşuviga köra, buning uçun “primary beneficiary test” – amaliyotdan asosiy manfaatni kim olayotganini aniqlaş mezoni qöllanadi.

Test yettita omilni hisobga oladi: amaliyotçi va iş beruvçi haq tölaş böyiça qanday kelişgani, amaliyot ta’lim jarayoniga boğlanganmi, talaba qanday bilim va könikmalar oladi, muddat öquv maqsadiga mosmi, amaliyotçi doimiy xodimlarning örnini bosyaptimi va amaliyot yakunida işga qabul qiliş va’dasi bormi. Agar amaliyot asosan talabaning ta’lim olişi va tajriba orttirişiga xizmat qilsa, unga haq tölanmasligi mumkin. Ammo kompaniya amaliyotçidan oddiy xodim kabi foydalanib, uning mehnatidan manfaat körsa, talaba xodim sifatida baholanadi. Bunday holatda unga federal qonunçilik böyiça eng kam iş haqi va tegişli hollarda qöşimça iş soatlari uçun haq tölanişi kerak. Yetti omildan bittasi yakka özi hal qiluvçi hisoblanmaydi – vaziyat töliq baholanadi.

Xorijiy talabalar uçun yana bir muhim jihat bor: AQŞda talaba vizasi bilan öqiyotganlar istalgan kompaniyada ruxsatsiz amaliyot ötay olmaydi. Masalan, F-1 vizasidagi talaba öqiş yönalişiga bevosita aloqador amaliyotga CPT – Curricular Practical Training ruxsati orqali kirişi mumkin. Buning uçun universitetning xalqaro talabalar böyiça mas’ul xodimi amaliyotni SEVIS tizimida oldindan tasdiqlaşi kerak. Ruxsat olinmasdan iş boşlaş talabaning immigratsion maqomiga xavf tuğdirişi mumkin.

Buyuk Britaniya: amaliyotning nomi emas, talabaning maqomi muhim.
Buyuk Britaniyada ham talabalar kompaniyalarning internşip dasturlariga rezyume va ariza yuboriş orqali qatnaşadi. Bundan taşqari, ayrim universitet kurslarida “placement” yoki “sandwiç year” deb ataladigan amaliyot davri öquv dasturining bir qismi sifatida taşkil etiladi. Bunda talaba ma’lum muddat kompaniyada işlaydi va olgan tajribasi ta’lim jarayonida baholanadi. Mamlakatda bu masala “National Minimum Wage Regulations 2015” hamda “National Minimum Wage Act 1998” asosida tartibga solinadi. Qonunçilikka köra, amaliyotçi “worker” – mehnat qiluvçi şaxs maqomiga ega bölsa, unga belgilangan eng kam iş haqi tölanişi kerak. Uni şunçaki “intern” yoki “köngilli” deb ataş iş beruvçini bu majburiyatdan ozod qilmaydi.

Biroq muhim istisno mavjud: Buyuk Britaniyadagi oliy yoki qöşimça ta’lim kursining majburiy qismi sifatida ötiladigan va bir yildan oşmaydigan amaliyot uçun eng kam iş haqi tölaş talab qilinmaydi. Masalan, universitet öquv rejasiga kiritilgan bir yillik “sandwiç year” amaliyoti haq tölanmasdan taşkil etilişi mumkin. Şunga qaramay, kompaniya xohlasa, talabaga haq yoki xarajatlari uçun tölov berişi mumkin. Aksinça, talaba kompaniyada mustaqil ravişda işga kirib, muntazam vazifalarni bajarsa, iş jadvaliga rioya qilsa va iş beruvçi körsatmalariga böysunsa, u “worker” maqomiga ega bölişi mumkin. Bunday holatda iş beruvçi eng kam iş haqini tölaşi şart. Hatto şartnomada “bepul amaliyot” deb yozilgan bölsa ham, amaldagi mehnat munosabatlari boşqaça bölsa, bu majburiyat bekor bölmaydi. Faqat xodim işini kuzatiş bilan çeklangan “work şadowing” holatida esa eng kam iş haqi talab qilinmasligi mumkin.

Buyuk Britaniyada öqiyotgan xalqaro talabalar uçun ham alohida talablar bor. Student vizasi bilan öqiyotgan talabaning kursiga kiritilgan amaliyot öquv dasturining ajralmas va baholanadigan qismi bölişi kerak. Odatda bunday amaliyot kurs umumiy davomiyligining uçdan biridan oşmasligi lozim. Ayrim oliy ta’lim dasturlari uçun bu çegara yarmigaça yetişi mumkin. Talaba vizasidagi iş huquqlari ham uning ta’lim bosqiçi va universitet maqomiga qarab çeklanadi. Demak, AQŞda amaliyotdan kim asosiy manfaat olayotgani, Buyuk Britaniyada esa talabaning “worker” maqomiga ega yoki ega emasligi haq tölaş masalasini hal qiladi. Har ikki davlatda ham talaba amaliyotga kirişdan oldin şartnomani, vazifalarini, tölov şartlarini va xorijiy talaba bölsa, işlaşga ruxsatini tekşirişi muhim.

Xulosa örnida şuni aytiş kerakki, amaliyot talaba uçun tajriba orttiriş imkoniyati, biroq uning mehnati ham munosib baholanişi kerak. Talaba korxona faoliyatiga hissa qöşayotgan ekan, bajargan işiga yaraşa haq olişi lozim.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari