Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
Andijon va Namangandagi universitetlarda super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Namangan davlat pedagogika institutida 22,9 mln so‘mdan 31,9 mln so‘mgacha bo‘lgan qo‘shimcha kontrakt summalari belgilangan.

Namangan davlat universitetida bu miqdor 26,9 mln so‘mdan 122,6 mln so‘mgachani tashkil etadi.


Andijon davlat universitetida testdan yetarlicha ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun 26,9 mln so‘mdan 122,6 mln so‘mgacha qo‘shimcha to‘lov belgilangan.


Andijon davlat pedagogika institutida ham mazkur ko‘rsatkich 29,6 mln so‘mdan 44 mln so‘mni tashkil qiladi.

Andijon davlat chet tillari institutida esa super-kontrakt uchun 29 mln so‘mdan 47,2 mln so‘mgacha to‘lov qilinadi.

0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти