AQSh Adliya vazirligi William & Mary kollejini tekshirmoqda

AQSh Adliya vazirligi United States Department of Justice Virjiniyadagi William & Mary universitetini ayrim stipendiya va talabalar imtiyozlarida etnik guruhlarga qarab ustunlik berganlikda gumon qilib tekshiruv boshladi.

DOJ ma’lumotlariga ko‘ra, universitetning ayrim dasturlarida ispan ayollariga ustunlik berilgani, huquqshunoslik maktabidagi ba’zi stipendiyalar esa tarixan qora tanli universitetlar bitiruvchilari uchun ajratilgani aniqlangan.
Universitet esa o‘z dasturlari hech bir irq bilan cheklanmaganini bildirib, kamsitishsiz ta’lim muhitini ta’minlash va federal hamda shtat qonunlariga rioya qilishini ta’kidladi.
DOJ universitetdan 8-sentabrgacha tegishli hujjat va ma’lumotlarni taqdim etishni so‘ragan. Vazirlik talablar bajarilmasa, federal moliyalashtirishni to‘xtatishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkinligini bildirgan.
Bu tekshiruv Donald Tramp ma’muriyatining AQSh universitetlaridagi diversitet dasturlari, qabul siyosati va boshqa ijtimoiy tashabbuslarni qayta ko‘rib chiqish siyosati doirasidagi navbatdagi holat bo‘ldi.
-
Pingback: AQSh xorijlik talabalardan 100 ming dollar talab qilmoqchi - Avlod News