Imtihonga nima olib kirib bo‘lmaydi? Abituriyentlar uchun MUHIM eslatma

Hurmatli abituriyent! Kirish imtihoni siz uchun muhim bosqich ekani aniq. Ammo bitta “taqiqlangan buyum” sababli test topshirish hududiga kiritilmasligingiz mumkin. Shuning uchun bu ro`yxatni bilib oling.
Quyidagilarni imtihonga olib kirish TAQIQLANADI:
Telefon va elektron qurilmalar:
- Uyali telefon (hatto o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa ham)
2. Planshet, fotoapparat
3. Quloqchinlar, eshitish moslamalari
4. Kalkulyator va hisoblash vositalari
Yozuv va o‘quv anjomlari:
- Kitob, lug‘at, daftar (qoralama), “shpargalka”
- Ruchka, qalam, o‘chirg‘ich, chizg‘ich, qalamdon va shunga o‘xshash buyumlar
Shaxsiy buyumlar va taqinchoqlar:
- Soat (har qanday turi – mexanik yoki elektron)
- Zirak, bilakuzuk, uzuk va boshqa taqinchoqlar
- Kalit, tanga kabi metal buyumlar
Ko‘rish vositalari va o‘tkir buyumlar:
- Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar (tibbiy ko‘zoynaklarga ruxsat beriladi)
- Pichoq, qaychi va boshqa o‘tkir buyumlar
Hujjat va plastik kartalar:
- Haydovchilik guvohnomasi
- Bank plastik kartalari
Ovqat va boshqa mahsulotlar:
- Yeyiladigan mahsulotlar, ichimliklar (shokolad, suv, sharbat)
- Tamaki mahsulotlari
Nima olib kirish mumkin?
Ko‘p hollarda barcha zarur vositalar – ruchka, test varaqalari, identifikatsiya qog‘ozi, suv (agar ruxsat etilgan bo‘lsa) – imtihon markazi tomonidan taqdim etiladi. Shuning uchun pasport, imtihon varaqasi va tartibli kiyinish yetarli. Ortig‘i kerak emas.