07:55, Iyul 24, 2025
/
241

Xorijda taʼlim, nega aynan Germaniya?

Bugungi kunda rivojlanishni, katta orzularni ko‘zlagan ko‘plab yigit-qizlar xorijda o‘qishni maqsad qilgan. Ayniqsa, Germaniya — talabalar uchun eng yaxshi davlatlardan biri hisoblanadi. Statistikaga qaraganda, 2024-yilda O‘zbekistondan 35 900 nafar talaba o‘qish uchun chet elga ketgan. Bu raqamlar yildan yilga ortib boryapti .

Endi esa keling, Germaniyada o‘qish sizga mos keladimi-yo‘qmi — birgalikda ko‘rib chiqamiz.

Nega aynan Germaniya?

Agar sizga Germaniyada o‘qish bepul yoki juda arzon desam hayron qolmag . Ha, to‘g‘ri eshitdingiz. Bu davlatda oliy ta’lim sifatli bo‘lishi bilan birga, ko‘plab universitetlar kontraktsiz, mutlaqo bepul o‘qitadi.

Bundan tashqari:

TOP-500 reytingdagi universitetlar aynan Germaniyada joylashgan

Ingliz tilida ham o‘qish mumkin (lekin nemis tilini bilsangiz, kundalik hayotda ancha oson bo‘ladi)

O‘qish davomida ruxsat etilgan ishlar orqali daromad topish mumkin

Diplomingiz  butun Yevropada tan olinadi

Eng mashhur universitetlari esa quyidagilar :

  1. LMU Munich
  2. TU Munich (TUM)
  3. Heidelberg University
  4. Humboldt University of Berlin
  5. RWTH Aachen
  6. Freie Universität Berlin
  7. Karlsruhe Institute of Technology

Shuningdek, quyidagi universitetlarda ham bepul ta’lim taklif etiladi:

Mannheim Universiteti

Gamburg Universiteti

Berlin Erkin Universiteti

Köln Universiteti

Universitetlarga hujjatlarni : www.uni-assist.de sayti  yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetning rasmiy saytiga murojaat qilish orqali topshirish mumkin .

Hujjatlar nimalardan iborat?

1. O‘qishga topshirish uchun sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

2. Pasport

3. Diplom va baholar

4. IELTS (6.0–6.5) yoki TestDaF (nemis tili darajasi )

5. Motivatsion xat

6. Rezyume (CV)

7. Tarjimalar (ingliz yoki nemis tiliga, notarial tasdiqlangan)

8. Sug‘urta

9. Bloklangan hisob (taxminan 11 208 yevro) – bu sizning Germaniyada 1 yil yashash xarajatlaringizni qoplash uchun

Viza olish tartibi

O’qishga qabul qilinganingizdan so’ng navbat — talaba vizasiga . Buning uchun elchixonaning saytidan ro’yxatdan o’tish zarur.

 Sayt: www.taschkent.diplo.de

Odatda viza  olish jarayoni uchun 1 oy vaqt ketadi . Suhbatga borasiz, keyin esa viza chiqqach, Germaniyaga yo‘l olishingiz mumkin.

Ishlash imkoniyati bormi?

Ha, Germaniyada o‘qiyotgan talaba haftasiga 20 soat ishlashi mumkin. Ish topish qiyin emas. Eng ko‘p uchraydigan ishlar:

Kafe, restoran, supermarketlarda ishlash

Universitetda assistent (HiWi) bo‘lish

IT, dizayn yoki freelance ishlari

Yetkazib berish (Amazon, DHL)

Repetitorlik,

Va talabaga taklif etiladigan o’rtachaa daromad soatiga 12–25 yevro .

Yashash va kunlik xarajatlar

Germaniyaga borganingizdan so’ng   sizga eng zarur bo’lgan yashash uchun joyni ham maxsus saytlar orqali topsangiz bo’ldi . Kunlik va oylik harajatlaringiz ham ehtiyojlaringizdan kelib chiqib belgilanadi.

Uy topish uchun saytlar:
wg-gesucht.de,
studenten-wg.de

Grantlar haqida:

Germaniyada o‘qishni grant asosida amalga oshirishni istasangiz, quyidagi dasturlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin.

  1. DAAD – eng mashhur xalqaro grant
  2. Deutschlandstipendium
  3. Erasmus+
  4. Friedrich Ebert, Heinrich Böll, Konrad Adenauer stipendiyalari

DAAD haqida to‘liq ma’lumotni  : www.daad.de saytidan olishingiz  mumkin

O‘qishni tamomlagandan keyinchi deysizmi ?

Bitiruvdan keyin Germaniyada qolib, 18  oygacha ishlab qolishga imkon beriladi. Va sizga  Blue Card taqdim etiladi — bu uzoq muddatli ishlash vizasi , hatto 2–3 yildan so‘ng doimiy yashash huquqini ham  olishingiz mumkin. Germaniyada o‘qish — bu faqat ta’lim emas, balki yangi hayot, imkoniyatlar, erkinlik va o‘z ustingizda ishlashdir Asosiysi — Aniq maqsad  bo’lishi zarur  .  Yuqorida aytrilgan shuncha qulayliklarga  qaramay chet elda, masalan, Germaniyada yashab, ishlab muvaffaqiyatlarga erisha olishingiz faqat o’zingizning qo’lingizda

Fikrlar (0)
Avval yangilari