08:08, Iyul 31, 2025
/
243

Bundan qizig‘i bo‘lmaydi: Ta’limga oid 11 fakt

11 fakt ta'limga oid

Ushbu maqola orqali siz bilan ta’lim tizimidagi eng qiziqarli 11 ta fakt bilan bo‘lishmoqchimiz. Ularni o‘qib, hayron qolishingiz aniq. Qani unda, boshladik!

1-faktdan boshlaymiz.

Yaponiyada eng ko‘p o‘z joniga qasd qilish holatlari mart oyida sodir bo‘ladi. Nega deysizmi? Chunki aynan shu oyda ta’lim muassasalarida imtihonlar o‘tkaziladi. Imtihondan yiqilish yaponlar uchun uyat hisoblanadi.

2-fakt.
Hozirda hammamizga tanish va mashhur bo‘lgan “shpargalka” dan ilk bor 1100-yilda Xitoyda foydalanilgan. Shundan buyon uning minglab usullari yaratilgan va hanuzgacha aktual.

3-fakt.

Janubiy koreyalik 69 yoshli Cha Sa Sun 2010-yilda haydovchilik guvohnomasini olgan. Xo‘sh, bu nimasi bilan ajralib turadi deysizmi? Gap shundaki, u ushbu natijaga 950-marta urinishdan keyin erishgan! U 2005-yilda imtihonni topshirishga birinchi marta harakat qilgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Shundan beri u deyarli har kuni imtihonning nazariy qismini topshirgan va oxir-oqibat barcha savollarga to‘g‘ri javob berishga muvaffaq bo‘lgan. Amaliy qismdan o’tishga esa yana 10 marta uringan. Uning qat’iyati va maqsadidan voz kechmaganligi tufayli u milliy qahramonga aylangan va Hyundai avtomobil kompaniyasi unga mashina sovg‘a qilgan. Qoyil qolmaslikning iloji yo‘q, shunday emasmi?

4-fakt.
Dunyodagi eng birinchi imtihonlar miloddan avvalgi 3-ming yillikda, qadimgi Bobilda, ulamolar tayyorlanadigan maktablardan birida o‘tkazilgan.

5-fakt.

Xitoy eng katta oliy ta’lim tizimiga ega. 2024-yilda Xitoyda taxminan 3 117 ta universitet va 47,6 million talaba bo‘lgan. Hozir esa bu ko‘rsatkich yanada ortgan bo‘lishi mumkin.

6-fakt.
Ammo universitetlar soni bo‘yicha Hindiston hattoki Xitoyni ham ortda qoldiradi. U yerda taxminan 4 500 ta universitet mavjud. Ikkinchi o‘rinda esa AQSH turadi — 3 228 ta oliygoh bilan.

7-fakt.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda oliy ta’limdagi o‘sish iqtisodiy o‘sishdan ancha oldinda ketmoqda. Natijada bitiruvchilarning 20 foizdan ortig‘i ish topa olmay, hattoki eng past maoshli ishlar uchun ham raqobatlashmoqda.

8-fakt.
Filippindagi University of the Philippinesda “Floating Library” (Suzuvchi kutubxona) nomli kutubxona mavjud. Talabalar bu yerda kitoblardan suv ustida o‘tirgan holda erkin foydalanishlari mumkin. Ajoyib a?

9-fakt.
Avstraliyaning «Havo maktabi» olis hududlarda yashovchi o‘quvchilarga radio signallari orqali darslar uzatadi.

10-fakt.
Dunyodagi barcha maktablar ichida eng kattasi Hindistonda joylashgan. U “City Montessori School” deb ataladi va unda 32 000 dan ortiq o‘quvchi tahsil oladi.

11-faktimiz esa.
Xitoy — bolalar eng ko‘p uy vazifasi bajaradigan mamlakat. Masalan, Shanxaylik o‘smirlar haftasiga o‘rtacha 14 soatni dars tayyorlashga sarflashadi. Agar bu soatlar qisqarsa, o‘quvchi bosim ostida qolib, tengdoshlaridan ortda qolish xavfiga duch keladi deb hisoblanadi.

Ushbu  ma’lumotlarni do’stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Fikrlar (0)
Avval yangilari