“Nima degani”- endi bu savol javobsiz qolmaydi

“NimaDegani.uz” – o‘zbek tilidagi shevaga oid so‘zlar, slenglar va memlarni saqlab boruvchi birinchi platforma. Bugungi internet avlodi memlar, slenglar va tez-tez yangilanib borayotgan til zamonida yashamoqda. Har kuni yangi iboralar dunyoga keladi, har kuni yangi “nima degani?” degan savol paydo bo‘ladi. Aynan mazkur savol javobi va o‘zbek tilining zamonaviy ko‘rinishini arxivlash uchun mo‘ljallangan “nimadegani.uz” platformasi haqida eshitganmisiz?
Nimadegani.uz bu O‘zbek tilidagi slenglar, internetdagi mashhur memlar va kundalik hayotimizdagi turli xil so‘zlarning ma’nolarini bir joyda jamlab borish uchun mo‘ljallangan onlayn platforma. O‘zbek tili doimiy ravishda rivojlanmoqda, o‘zgarmoqda va yangilanmoqda. Mazkur platforma esa shu o‘zgarishlarni qayd etib boradi, turkumlarga ajratadi hamda kelajak avlod uchun saqlab boradi.
Mazkur platforma yaqindagina o‘z faoliyatini boshlaganiga qaramasdan, hozirda mingdan ortiq so‘z va iboralar, yuzdan ortiq faol foydalanuvchilarni o‘zida jamlagan. Shuningdek turli xil tilimiz rivojlanishi uchun hissa qo‘shayotgan dastur, loyiha va insonlar bilan kollobaratsiyalar o‘rnatgan. Bunga misol qilib “MEN” kitobining O‘zbek tilidagi tarjimoni, xalqaro turk tili eksperti, filolog va shevashunos doktor Avazxon Umarovni keltirishimiz mumkin.
Platformaga ishonch bildirgan loyihalar va insonlar o‘ylashadiki, mazkur loyiha o‘zbek tilini raqamlashtirish, o‘zbek tilidagi internet madaniyatiga ko‘proq e’tibor berish va turli xil shevalarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.
Ko‘p yillar davomida internet madaniyatimiz, memlarimiz va shevaga oid so‘zlarimiz hujjatlab borilmas edi. Bu esa ko‘plab madaniy iboralarimizning yo‘qolib ketishiga olib keldi. “nimadegani.uz” esa bu muammoni hal qilmoqda. Mazkur loyiha tilimizni muzlatmaydi, balki uni jonli saqlab boradi.
Nimadegani.uz O‘zbek tilida suhbatlashuvchi, o‘zi uchun notanish bo‘lgan so‘zlarning ma’nolarini qidirib topmoqchi yoki boshqalar bilan turli-xil so‘zlarning ma’nolarini ulashmoqchi bo‘lgan har bir inson uchun mo‘ljallangan. Keling, vaqtni boy bermasdan veb-saytni tekshirib ko‘ring va o‘zingiz ishonch hosil qiling.
Juda ham foydali loyiha bo‘libdi!