Talabalar uchun stipendiya to‘lanadigan bepul kurs

Bugun biz hikoya qilmoqchi bo‘lgan kasbning egalari dunyo bo‘ylab eng ko‘p daromad topadigan insonlar hisoblanishadi. O‘zbekistonda ham yildan-yilga ushbu mutaxassislar va kurslarga talab oshib bormoqda va o‘rtacha oylik maoshlari 5-10 million so‘mdan boshlanadi. Ushbu soha IT va Data science yo‘nalishlari bo‘lib, endilikda siz uchun ajoyib yangiligimiz bor. Bu kurs haqida aniq eshitmagansiz
Siz uchun stipendiya to‘lanadigan, bepul tushlik va kompyuter bilan ta’minlaydigan bir yillik kurs taqdim etilmoqda. Kurs mashg‘ulotlari Toshkent shahrida olib boriladi. Boshqa viloyatlardan bo‘lgan talabalarning o‘qishi 1 yil Toshkentdagi universitetlarga ko‘chiriladi (o‘qishni ko‘chirishida bevosita yordam beriladi).
Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Mirzo Ulug‘bek” fondi va “Mirzo Ulug‘bek vorislari tayyorlov o‘quv kurslari” markazi talabalar uchun Mirzo Ulug‘bek vorislari Data Science kursini taqdim etmoqda.
Loyihaning manfaatli jihatlari:
– Oyiga 1 320 000 so‘m stipendiya beriladi
– Bepul ovqat, shaxsiy noutbuk, internet va o‘quv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanadi
– IT Park rezidentlari bilan amaliyot o‘tash imkoniyati
– Sertifikat, tavsiyanoma va h.k.
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kursi – talabalar uchun yaratilgan 1 o‘quv yiliga mo‘ljallangan kurs hisoblanadi. Data Science — bu sun’iy intellekt, mashinani o‘rgatish texnologiyalari va katta ma’lumotlar bilan ishlash asosida qarorlar qabul qilishni o‘rgatuvchi innovatsion kurs.
Ushbu kurs 1 o‘quv yiliga mo‘ljallangan bo‘lib, unda onlayn yoki oflayn Toshkent shahrida o‘qigan holda qatnashish mumkin.
Qatnashchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallaydi:
– Python, SQL, Power BI, ML, AI, FastAPI, Spark, Docker kabi texnologiyalar bilan ishlash.
– Statistik tahlil va dashboard qurish.
– Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va farazlarni tekshirish.
– Ingliz tilini IELTS 5.5 darajasida rivojlantirish.
Kurs kvota asosida o‘qishda manfaatli jihatlar:
– 160 nafar eng yaxshi nomzod Toshkentda to‘liq grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
– Akademik mobillik: agar kvota asosida qabul qilingan talaba Toshkent shahridan boshqa joyda tahsil olayotgan bo‘lsa, o‘qishini Toshkentdagi mos yo‘nalishdagi universitetga ko‘chirish va 1 o‘quv yili davomida poytaxtda o‘qishi mumkin.
– Har oy 1 320 000 so‘m stipendiya beriladi.
– Bepul issiq ovqat, shaxsiy noutbuk, internet va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanadi.
– IT Park rezidentlari bilan amaliyot o‘tash imkoniyati yaratiladi.
Shartnoma asosida ishtirok etuvchilar uchun imkoniyatlar:
– Onlayn o‘qish.
– Mentorlar bilan aloqa, treninglar, loyihaviy mashg‘ulotlar.
– Portfolio tuzish imkoniyati.
MUHIM: Shartnoma asosida tahsil olish pulli – 1 yillik butun kurs narxi taxminan 13 million so‘m atrofida.
Barcha ishtirokchilar quyidagilarga ega bo‘ladi:
– Sertifikat va kursni tugatganlik haqidagi rasmiy hujjat.
– Yaxshi natija ko‘rsatganlarga IT sohasi bo‘yicha tavsiyanomalar.
– Real loyihalar ustida ishlash va startapga integratsiya qilish ko‘nikmalari.
Talablar
Kvota asosida o‘qish uchun quyidagi talablarga mos bo‘lish lozim:
– Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari;
– Joriy yil 2-bosqichni tugatib, 3-bosqichga o‘tgan;
– Akademik qarzdorligi bo‘lmagan;
– OTM ijtimoiy hayotida faol ishtirok etuvchi (tavsiyanoma);
– Ingliz tilini bilish darajasi IELTS 5.5–6.5;
– Web, Android, IOS kabi dasturiy ta’minot yozish ko‘nikmalariga ega;
– IQ test natijasi yuqori;
– Matematika va informatika fanlarini mukammal o‘zlashtirgan;
– Muloqotga kira oladigan va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega;
– Ilmiy faolligi yuqori (maqola, darslik, dasturiy ta’minot, ixtiro egasi);
– Izlanuvchan va tirishqoq (qo‘yilgan muammoni yechish uchun ilmiy yondashadigan va boshlangan ishni oxiriga yetkazadigan);
– Xalqaro IT sertifikatiga ega.
Shartnoma asosida o‘qish uchun quyidagi talablarga mos bo‘lish lozim:
– Istalgan OTM va istalgan kurs talabalari;
– OTM ijtimoiy hayotida faol ishtirok etuvchi (tavsiyanoma);
– IQ test natijasi yuqori;
– Muloqotga kira oladigan va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega;
– Izlanuvchan va tirishqoq (qo‘yilgan muammoni yechish uchun ilmiy yondashadigan va boshlangan ishni oxiriga yetkazadigan);
Ariza topshirish tartibi
Arizalar 2025-yil 10-avgust, 23:59 gacha onlayn tarzda qabul qilinadi.
(Kvota yoki shartnoma asosida topshirishga qaror qilgach, “Ariza topshirish” tugmasini bosing.)
Kerakli hujjatlar (PDF shaklida):
– Pasport yoki ID karta nusxasi.
– Joriy GPA ko‘rsatilgan transkript.
– Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (HEMIS).
– Motivatsion xat (kamida 2 bet).
– Sertifikatlar, tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa).
– Portfolio (dasturiy ishlanmalar, loyihalar).
Tanlov bosqichlari:
- Hujjatlarni onlayn baholash.
- IQ test (xorijiy vendor orqali, onlayn).
- Informatika va matematika fanlaridan imtihon (offlayn).
- Suhbat va taqdimot (offlayn).
Nomzodlarni saralashdagi baholash mezonlari bilan ushbu saytda tanishing. https://dscience.uz/
Eng kerakli ma’lumotlarni saytimizda kuzatib boring!